menu
O‘zbekistonda fevral oyida qancha keshbek to‘langani ma’lum bo‘ldi
Umumiy hisobda yil boshidan buyon 62,6 mln chek uchun keshbek to‘langan

O‘zbekistonda fevral oyi uchun 53,2 milliard so‘m keshbek to‘landi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, umumiy hisobda yil boshidan buyon 62,6 million chek uchun 101,6 milliard so‘m keshbek to‘lab berilgan.

To‘langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda:

Xarid chekini skanerlagan fuqarolarga keshbek qaytarish amaliyoti

2021-yilning oktyabr oyida prezidentning nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qarori qabul qilingandi. Hujjat bilan 2022-yil 1-yanvardan boshlab chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida xaridni amalga oshirgan hamda ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid chekini QR-kod yordamida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga ularning bank kartalariga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi respublika byudjetidan qaytariladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!