menu
O‘zbekistonda elektr energiyasi yetkazib berishda yana cheklovlar kiritildi
Cheklovdan kutilmagan avariyalarning oldini olish maqsad qilingan

O‘zbekistonda 12-mart kuni elektr energiyasi yetkazib berishda 150 MVt gacha cheklovlar kiritildi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, ushbu cheklov 11—12-mart kunlari mamlakat bo‘ylab yuz bergan kuchli yomg‘ir va qattiq shamol tufayli tarmoqlarda sodir bo‘lgan avariyalar oqibatida, shuningdek, kutilmagan avariyalarning oldini olish maqsadida kiritildi.

Elektr energiyasi yetkazib berishda cheklovlar 17-fevraldan buyon amalga kiritib kelingandi. Hasan Toshxo‘jayev tabiiy gaz bosimining me’yoriy sxemaga qaytgani sabab ushbu cheklov 8-martdan buyon qo‘llanmayotganini aytgandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!