menu
O‘zbekistonda dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik yengillashtirildi
Dronlarni noqonuniy olib kirish, saqlash va foydalanishda birinchi marta ayblangan shaxslar endi maʼmuriy javobgarlikka tortiladi

Shavkat Mirziyoyev “Ayrim toifadagi jinoiy qilmishlar uchun javobgarlik liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 28-noyabr kuni birinchi o‘qishda, 12-dekabrda ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilingandi. Senat tomonidan esa 19-yanvar kuni maʼqullangan.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, quyidagicha jazolanadi:

BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha (8 mln 500 ming so‘mdan 17 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi qo‘shimchalar kiritildi:

Mazkur harakatlarni sodir etgan shaxs, agar u uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini o‘z ixtiyori bilan topshirsa, maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinadi. Ilgari bu norma mavjud emas edi.

Bunda, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish uchun avval maʼmuriy keyin jinoyat javobgarlik belgilandi. Avval to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoiy javobgarlik belgilangan edi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 2-may kuni dronlardan noqonuniy foydalanganlarni ozodlikdan mahrum etishni ko‘zda tutuvchi qonunni imzolagan edi. Qonunga ko‘ra, Jinoyat kodeksiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!