menu
O‘zbekistonda davlat uy-joy fondidan foydalanishning yangi tartibi belgilandi 
Davlat uy-joy fondidan foydalanishga arizalar faqatgina davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali qabul qilinadi

“Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Norma.

Nizom 2024-yil 1-iyuldan kuchga kiradi. Davlat uy-joy fondidan foydalanishga arizalar faqatgina davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali qabul qilinadi. Quyidagilar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar hisoblanadi:

Quyidagilar aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy beriladigan fuqarolar hisoblanadi:

Murojaat maxsus komissiya tomonidan 10 kun ichida ko‘rib chiqilib, natijasi bo‘yicha shaxsni uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning ro‘yxatiga kiritish haqida qaror qabul qilinadi. Murojaatni ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Uy-joy fuqarolarga ushbu aholi punktida foydalanishga topshirilayotgan va bo‘shayotgan uy-joylarning maydonidan kelib chiqqan holda, ro‘yxatda belgilagan navbat asosida taqdim etiladi. Uy-joy ajratish to‘g‘risidagi qarorga asosan tuman (shahar) hokimligi tomonidan order shakllantirilib, murojaatchiga davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali yuboriladi.

Fuqaro orderni olgandan so‘ng 10 kun ichida uy-joyni balansda saqlovchi tashkilot bilan ijara shartnomasi tuzadi. Fuqaro va uning oila aʼzolari order berilgan kundan boshlab o‘ttiz kun ichida turar joyga ko‘chib kirishi lozim.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2024-yil 12-martdan kuchga kirdi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!