menu
O‘zbekistonda aholining uy-joylarni ta’mirlash ishlari 7,7 foizga oshdi 
Yanvar oyida bu bo‘yicha 160 milliard so‘mlik ishlar bajarilgan

O‘zbekistonda aholi tomonidan uy-joylarni ta’mirlash ishlari 7,7 foizga oshgani ma’lum bo‘ldi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda uy xo‘jaliklari tomonidan uy-joylarni ta’mirlash bo‘yicha 160,3 milliard so‘mlik ishlar bajarilgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning yanvar oyiga nisbatan 7,7 foizga oshgan.

Uy xo‘jaliklari tomonidan uy-joylarni ta’mirlash bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlari hajmi barcha turdagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan jami qurilish ishlarining 2,4 foizni tashkil etgan.

O‘zbekistonda turar joyi nochor ahvoldagi oilalarga o‘z hovlisida uy qurish va taʼmirlashga 120 mln so‘mgacha ipoteka krediti ajratiladi. Odamlarning xarid imkoniyatini kengaytirish uchun to‘rt yil oldin ipoteka tizimining bozor tamoyillariga asoslangan yangi tartibi joriy qilindi. Unga muvofiq, o‘tgan davrda barcha manbalardan 100 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Bularning hisobiga hududlarda 6 mingta ko‘p qavatli uy barpo etilib, 250 ming oila yangi boshpanali bo‘ldi. 

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!