qarashlar
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Ma’lum qilinishicha, aksiya doirasida 98 192 nafar shaxsda tegishli hujjatlar mavjud emasligi aniqlangan, shundan 88 570 tasi ijobiy hal etildi. Qayd etilishicha, 1 261 nafar shaxsning tug‘ilishi qayd etib berildi. Shuningdek,
2023-yil davomida 77 turdagi yangi davlat xizmatlarni ko‘rsatish joriy etilib, hozirda jami 337 taga yetkazildi. 2024-yil davomida esa ularning sonini 400 taga yetkazish rejalashtirilgan.
Shundan 55 turdagi xizmatlar bepul ko‘rsatiladi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma qo‘llaniladi. 1 mln 400 mingdan ortiq fuqaro “Mobil-ID” tizimida ro‘yxatdan o‘tdi va 2023-yilda ushbu tizim orqali 100 mingga yaqin xizmatdan foydalanildi.
Comments
0 comment