qarashlar
O‘zbekistonga yil boshidan buyon 1 tonnadan ortiq giyohvand moddalar olib kirilishi oldi olindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2024-yilda bojxona organlari tomonidan 1 tonnadan ziyod giyohvandlik vositalari, 554 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar, 49 dona qurol, 3010 ta o‘q-dorilar ashyoviy dalil sifatida olindi. Xususan, dekabr oyi o‘rtalarida “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida 16 dona qadoqda 2 800 dona 5,5 mm kalibrli pnevmatik qurol o‘qlari noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yilgandi.
Sentabrda Rossiyadan kelgan fuqaro O‘zbekistonga o‘qotar qurolni yashirincha olib kirmoqchi bo‘lgandi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston hududiga olib kirish, olib chiqish va tranzitini amalga oshirishda, tegishli organlar ruxsatnomalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Qo‘mita ma’lumotiga keltirilishicha, yakuniga yetayotgan yilda9 mingga yaqin holatda 914 milliard so‘mlik tovarlar, 35 milliard so‘m ekvivalentidagi valyuta qimmatliklari, 76 milliard so‘mlik zargarlik buyumlari, 63 milliard so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanuviga chek qo‘yildi.
Shuningdek, 17 mingga yaqin tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga bojxona to‘lovlaridan 49,6 trillion so‘mlik imtiyoz va preferensiyalar qo‘llanildi, 6,6 trillion so‘mlik bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lashga ruxsat berildi.
“Bojxona hududida qayta ishlash” rejimini ommalashtirish orqali ushbu rejimidan foydalanayotgan tadbirkorlar soni 350 taga yetkazilib, qayta ishlangan tovarlar eksporti bir yilning o‘zida 42 foizga yoki 305 million dollarga ko‘payib, 1 milliard dollarni tashkil etdi.
Davlat byudjetiga undirilgan bojxona to‘lovlari o‘tgan yilga nisbatan 8 foizga oshishiga erishildi.
Comments
0 comment