menu
O‘zbekistonda 1-maydan “tabaqalashtirilgan tariflar” bo‘yicha elektr energiyasi va gaz narxi o‘zgaradi
Elektr energiyasi narxi isteʼmolchilarning I va II guruhlariga kiruvchi qismiga o‘zgarishsiz qolmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida joriy yilning 1-may sanasidan boshlab elektr va tabiiy gaz tariflari o‘zgaradi.

Qarorga muvofiq, yoqilg‘i-energetika resurslarining 2024–2025-yillarda bosqichma-bosqich o‘zgaradigan yangi narxlari hamda shu yilning 1-may sanasidan eʼtiboran, aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari tasdiqlandi. 

Demak, 1-maydan boshlab elektr energiyasi narxi isteʼmolchilarning I va II guruhlariga kiruvchi qismiga o‘zgarishsiz — 1 kVt/soat uchun 1000 so‘m hamda 900 so‘mdan qolmoqda.

Isteʼmolchilarning III guruhi, shu jumladan, ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy isteʼmolchilar uchun bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

Qolgan maishiy isteʼmolchilar uchun esa bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

Isteʼmolchilarning IV guruhi uchun ham narxlar o‘zgarishsiz — 1 kVt/soat uchun 900 so‘mdan qolyapti.

Tabiiy gaz yetkazib berish narxi esa quyidagicha o‘zgaradi

Barcha isteʼmolchilar uchun to‘lov miqdori o‘zgarishsiz, yaʼni bir kubometr uchun 1 500 so‘mdan qolmoqda.

Yirik ulgurji isteʼmolchilar hamda byudjet tashkilotlari uchun ham tabiiy gaz narxi o‘zgarishsiz – bir kubometr uchun 1 800 so‘mdan qolmoqda. Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga mavsumga qarab narx belgilanmoqda. Xususan, noyabr-fevral oylari davomida bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

Mart-oktyabr oylarida isteʼmolchilar bir oydagi isteʼmolidan kelib chiqqan holda quyidagicha haq to‘laydilar:

Aholiga maishiy ehtiyojlar uchun sotiladigan suyultirilgan gazning bir kilogrammi uchun to‘lov 1 600 so‘m etib belgilanyapti. 2024-yilning 1-iyunidan boshlab esa avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari uchun bir kub metr tabiiy gaz 1 800 so‘mdan yetkazib beriladi.

Qaror bilan 2025-yilning 1-aprelidan eʼtiboran bosqichma-bosqich o‘zgaradigan narxlar ham belgilab berilmoqda. Xususan:

2025-yil apreldan boshlab, elektr energiyasi narxi isteʼmolchilarning I guruhiga kiruvchi qismiga o‘zgarishsiz – 1 kVt/soat uchun 1 000 so‘m etib belgilanyapti. II guruh isteʼmolchilar uchun ham bir kilovatt soat elektr energiyasi 1000 so‘mdan yetkazib beriladi.

Isteʼmolchilarning III guruhi, shu jumladan, ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy isteʼmolchilar uchun bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

Qolgan maishiy isteʼmolchilar uchun esa bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

Isteʼmolchilarning IV guruhi ham keyingi yilning 1-aprelidan eʼtiboran bir kVt/soat elektr energiyasi uchun 1 000 so‘mdan to‘laydilar.

Tabiiy gaz yetkazib berish narxi esa quyidagicha o‘zgaradi: barcha isteʼmolchilar uchun to‘lov miqdori bir kubometr uchun 1 800 so‘mdan etib belgilanmoqda.

Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari uchun bir kub metr tabiiy gaz 2 500 so‘mdan yetkazib berilsa, issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari buning uchun 1 800 so‘mdan to‘laydi.

Aholining kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun isteʼmol qiladigan tabiiy gazi uchun narxlar o‘zgaradi. Yaʼni kelgusi yilning 1-aprelidan eʼtiboran, noyabr-fevral oylari davomida bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

Mart-oktyabr oylaridagi bir oylik isteʼmol uchun esa quyidagicha haq to‘lanadi:

Aholiga maishiy ehtiyojlar uchun sotiladigan suyultirilgan gazning bir kilogrammi uchun to‘lov 2 000 so‘m bo‘ladi.

Shuningdek, qaror bilan 2024-yil 1-maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari ham belgilanmoqda. Unga ko‘ra, elektr energiyasi bir oylik bazaviy meʼyori 200 kVt·soatni, tabiiy gaz uchun esa isitish mavsumida 500 kub metrni, boshqa mavsumda esa 100 kub metrni tashkil qilmoqda.

Isitish mavsumi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktyabr-fevral oylarini, boshqa hududlarda esa noyabr-fevral oylarini qamrab oladi. Isitishdan tashqari mavsum Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida mart – sentyabr oylarini, boshqa hududlarda esa mart-oktyabr oylarini qamrab olishi nazarda tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilgi muhokamalarda elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlarini ijtimoiy norma asosida belgilash va oshirish nazarda tutilgandi. Ya'ni oqilg‘i-energetika resurslari isteʼmoli uchun narxlar yangi tizim asosida o‘zgarishi taklif etilgan. Xususan, aholi uchun 1 kVt soat elektr energiyasi isteʼmoli oyiga 250 kVt soatgacha – 325 so‘m, 250 kVt soatdan yuqori har 1 kVt soat uchun – 650 so‘m etib belgilanishi aytilgan. Ammo ayrim sabablarga ko‘ra, ushbu rejani amalga oshirish kechiktirilgan. 

2023-yil 1-noyabrdan boshlab bir oyda elektr energiyasi o‘rtacha oylik isteʼmoli uchun to‘lov miqdoriga o‘suvchan koeffitsiyent qo‘llanishi boshlangan. Energetika vazirligi mazkur o‘suvchan koeffitsiyent aholi isteʼmolchilarining 98 foiziga mutlaqo taʼsir qilmasligini ma’lum qilgan edi.

Elektr energiyasi iste’molchilarining tarif guruhlari 

Hukumatning 2023-yildagi qarori bilan barcha elektr energiyasi iste’molchilari to‘rt tarif guruhiga bo‘linadi (I, II, III va IV):

I tarif guruhiga ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq bo‘lgan, elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitob qilinadigan iste’molchilar kiradi. Byudjet tashkilotlari, suv ta’minoti tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno.

II tarif guruhiga

III tarif guruhiga maishiy iste’molchilar kiradi. Ushbu tarif guruhi bo‘yicha aholi tomonidan turmush ehtiyojlari uchun uy-joylarda, xonadonlarda, yotoqxonalarda, yordamchi xo‘jaliklarda, shaxsiy foydalaniladigan tomorqa bog‘ obyektlarida, shu jumladan bog‘ shirkatlari va dala hovlilar sug‘orish nasoslari, shaxsiy avtomashinalar uchun garajlarda sarflanadigan elektr energiyasi haqi tok qabul qilgichlarning quvvati hamda hisobga olish asboblarining o‘rnatilgan joyidan qat’iy nazar, to‘lanadi.

Byudjet tashkilotlaridan tashqari elektr energiyasidan binolarni elektr bilan isitish, issiq suv ta’minoti va ovqat tayyorlash maqsadida foydalanadigan I va II tarif guruhlari iste’molchilari tomonidan sarflanadigan elektr energiyasi hajmining haqi IV tarif guruhi bo‘yicha to‘lanadi.

 

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!