menu
O‘zbekiston yanvar-fevral oylarida xorijga qancha meva va sabzavotlar eksport qilgani ochiqlandi
Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,9 martaga ko‘paygan

O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-fevral oylarida xorijga qiymati 150,1 mln dollarga teng bo‘lgan 251,2 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,9 martaga yoki 115,5 ming tonnaga ko‘paygan.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Pokiston (26,6 foiz), Rossiya (26,1 foiz),  Qozog‘iston (9,1 foiz) va Xitoy (9 foiz) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 4,1 foizini tashkil etgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!