menu
O‘zbekiston va Eron oliy taʼlim muassasalarida talaba qizlar uchun almashinuv dasturlari ishlab chiqiladi
Tanzila Norboyeva Eron Islom Respublikasining Xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Ensiyo Xazaliy bilan uchrashdi

Nyu-York shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Eron Islom Respublikasining Xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Ensiyo Xazaliy bilan uchrashdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro tuzilmalar doirasida sherikchilikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilingan.

Oliy darajadagi, shuningdek, ikki davlat hukumatlari va parlamentlari o‘rtasidagi faol o‘zaro aloqalar mamlakatlarimiz ayollari o‘rtasidagi hamkorlik uchun muhim platforma yaratayotgani alohida qayd etilgan.

Ikki tomonlama hamkorlik doirasida xotin-qizlar tashkilotlari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy-maʼrifiy hayotdagi ishtirokini oshirish, jamiyatdagi ijtimoiy mavqeyini mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlarni qo‘shma loyihalar asosida birlashtirish istiqbollari ko‘rib chiqilgan.

Xususan, ilmiy muassasalar o‘rtasida oila va xotin-qizlar muammolarini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik qilish hamda O‘zbekiston va Eronning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida talaba qizlar uchun almashinuv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga kelishib olingan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!