menu
Ozarbayjonda O‘zbekistonning kashtachilik va tikuvchilik anʼanalariga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi
Unda 140 dan ortiq bezakli amaliy sanʼat namunalari taqdim etilgan

Ozarbayjon poytaxtidagi Haydar Aliyev markazida “Choklardagi meros: O‘zbekistonning kashtachilik va tikuvchilik anʼanalari bo‘ylab sayohat” ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva xabar berdi.

Qayd etilishicha, unda 140 dan ortiq bezakli amaliy sanʼat namunalari taqdim etilgan.

O‘z navbatida prezident yordamchisi muzey mutaxassislari va ushbu ko‘rgazmani tashkil etishda qatnashgan barchaga chin yurakdan minnatdorlik izhor etgan.

Kuni kecha Bokuda ochilgan ko‘rgazma doirasida O‘zbekistonning madaniy merosi bilan tanishuv “Lazgi — Muhabbat va qalb raqsi” spektaklidan boshlangan edi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!