menu
“O‘q-dori taqchilligi bizni qiynayapti’’ — Zelenskiy
Ukraina prezidenti Myunxendagi konferensiyada NATOdan mamlakatga yordam hajmini ko‘paytirishni so‘radi

Ukrainaning rus qo‘shinlariga qarshi kurashi uzoq masofali raketalar va artilleriya snaryadlarining yetishmasligi tufayli sustlashmoqda. Ukraina Prezidenti Myunxendagi xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan konferensiyada bu haqda ma’lum qildi, deydi Al Arabiya nashri.

Zelenskiyga ko‘ra, Andreyevkadagi chekinish Ukraina armiyasida mavjud real muammolarning yaqqol isbotidir. Ayni damda faqat o‘q-dori taʼminotigina frontdagi barqarorlik kafolati bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi mart oyigacha jo‘natishni vaʼda qilgan bir million artilleriya o‘qlarining faqat yarmi yetkazib berilishini maʼlum qilgan edi. G‘arb ajratishi lozim bo‘lgan yordam paketlari kelajagi ham shubha ostida qolgan.

Xabarda aytilishicha, AQSH Donald Trampning Oq uyga qaytishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan saylovlar arafasida ekan, AQSHning Ukrainaga yordami kelajagi va uning NATOga sodiqligi borasida xavotirlar kuchaygan.

NATO rahbari Yens Stoltenberg Myunxenda AQSH Ukrainaga vaʼda qilgan yordam berilishi shart va zarur ekanligini aytgan. O‘q-dori va olis masofali raketalar bilan bog‘liq taqchillik Rossiya hujumining intensivlashuviga olib kelishi mumkin.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!