1
qarashlar
qarashlar
Politsiya hodisada gumonlanuvchini qo‘lga oldi
Olmaotada 20 yoshli tayboks bo‘yicha jahon chempioni Serik Ali o‘ldirib ketildi.
Politsiya hodisada gumonlanuvchini qo‘lga oldi. U sportchining tanishi bo‘lib chiqdi. Tergovchilar jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Qozog‘iston tayboks federatsiyasi ham Serik Alining yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Olti yil avval Olmaotada yana bir sportchi hayotdan ko‘z yumgan edi. O‘sha paytda ikki erkak kunduz kuni Lexus GX 460 avtomobilining yon oynalarini o‘g‘irlashmoqchi bo‘lgan. Ammo ularga mashina egasi – taniqli figurali uchuvchi Denis Ten to‘sqinlik qilgan. Erkaklar o‘rtasida janjal chiqib, sportchiga pichoq bilan hujum qilingan. Shu kunning oqshomida, 25 yoshli Ten shifoxonada vafot etgan edi.
Comments
0 comment