menu
Bolgariya 1-apreldan rossiyaliklarga Shengen vizalari berishni boshlaydi
Hujjatlarni topshirish uchun navbat kutish muddati boshqa Shengen mamlakatlaridagi kabi bo‘ladi

Bolgariya 1-apreldan ilk marta Rossiya fuqarolariga Shengen vizalari berishni boshlaydi. Bu haqda Bolgariyaning Moskvadagi elchixonasiga tayanib ‘‘TASS’’ xabar berdi.

Ular, shuningdek, hujjatlarni topshirish uchun navbat kutish muddati boshqa Shengen mamlakatlaridagi kabi bo‘lishini ta’kidlagan.

Elchixonaga ko‘ra, sayyohlar 2024-yil 31-martgacha berilgan qisqa muddatli milliy vizalar C tipidagi – mamlakatda 90 kungacha bo‘lgan holda – faqat Bolgariyaga kirish va Ruminiya hamda Kiprga sayohatlar uchun foydalanishlari mumkin.  O‘sha sanadan oldin respublika hududida 90 kundan ortiq qolishga ruxsat berilgan D turidagi uzoq muddatli vizalar esa boshqa Shengen mamlakatlariga qisqa muddatli sayohatlar uchun imkoniyat yaratadi.

2023-yil 31-dekabrda Yevropa Ittifoqi Kengashi Bolgariyaga nisbatan “qisman Shengen”ni joriy etishga qaror qilgan. Joriy yilning 31-martidan boshlab Bolgariya fuqarolari uchun Yevropa Ittifoqining ichki havo va dengiz chegaralarida tekshiruvlar bekor qilinadi, lekin quruqlikdagi chegaralardagi tekshiruvlar saqlanib qoladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!