menu
Silk Avia Termiz shahriga kuniga ikki marta muntazam aviaqatnovlarda sayohat qilishni taklif etadi! 
Silk Avia bilan O‘zbekistonning yangi ufqlarini kashf eting!

Silk Avia sizga Toshkent va Termiz o‘rtasida istalgan vaqtda sayohat qilish imkoniyatini taqdim etadi. 1 soat-u 30 daqiqa parvozdan keyin, siz O‘zbekistonning eng Janubiy shahrida bo‘lasiz.

 Siz Termizda yorqin Janub quyoshi, qadimiy me’moriy yodgorliklar, mazali taomlar va mehmondo‘st odamlarni uchratasiz. Bu sanab o‘tilganlar esa ro‘yxatning bir qismi holos. Bu yil Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasi ushbu go‘zal shaharni kashf qilmoqchi bo‘lgan sayohatchilar uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etdi. Endi Toshkentdan Termiz shahriga muntazam reyslar har kuni: kunduzi va kechqurun amalga oshiriladi.

US-751/752 reyslari Toshkentdan Termiz shahriga va kunning birinchi yarmida quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

US-753/754 reyslari Toshkentdan Termiz shahriga va kunning ikkinchi yarmida quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

Termiz shahriga aviachiptalarni 302 000 so‘mdan, Toshkent – Termiz – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 603 000 so‘mdan sotib olish mumkin. Aviachiptalarni silk-avia.com saytida, Silk Avia ilovasida, O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlarida, shuningdek, Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilish mumkin.

Silk Avia bilan O‘zbekistonning yangi ufqlarini kashf eting!

Reklama huquqi asosida.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!