menu
Olimlar 384 ta ilonning zahriga qarshi preparat yaratdi
Sichqonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda preparat eng xavfli ilonlarning zahriga ham qarshi tura olgan

Xalqaro olimlar jamoasi 384 turdagi ilonlarning zahriga qarshi universal preparat yaratdi. Tadqiqot natijalari Science Translational Medicine jurnalida chop etildi.

Preparat AQSH, Buyuk Britaniya va Hindiston biologlari tomonidan yaratilgan bo‘lib, eng xavfli ilonlarning (ular orasida qirol kobra va qora mamba bor) zahrini zararsizlantirishga qodir. Mutaxassislar ilon zahri tarkibidagi oqsillarni o‘rganish natijasida falajga olib keladigan toksinni aniqlagan.

Shundan keyin ular toksinga aloqador va uning ta’sirini kamaytiruvchi 50 milliard antitela haqidagi ma’lumotni o‘z ichiga olgan kutubxonani o‘rganib chiqqan. Laboratoriya sinovlari muvaffaqiyatli o‘tgan: ilon zahriga qarshi inyeksiya qilingan sichqonlar hatto eng xavfli ilonlarning chaqishiga ham chiday olgan.

Tadqiqotchilarning navbatdagi vazifasi ilon zahri tarkibidagi toksinlarga qarshi antitelalarni topishdir. Agar ish muvaffaqiyatli kechsa, odamlar uchun xavf tug‘diradigan har qanday ilonga universal zaharga qarshi antidot (zaharlar va kimyoviy vositalarning inson yoki hayvon organizmiga toksik ta’sirini oldini oluvchi yoki yo‘q qiluvchi dorilar) yaratish mumkin.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!