qarashlar
Yangi Namangan tumani hududidagi 16-oilaviy poliklinika ayni paytda Kelajak tongi, Sherbuloq, Sohil, Ishonch va Istiqbol mahallalarida yashovchi 40 mingdan ziyod aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
Tuman hokimi J. Abdullayev mazkur muassasada bo‘lib, shifo maskani ish faoliyati, moddiy-texnik bazasi, qatnovchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda issiqlik tizimini ko‘zdan kechirdi.
Ta’kidlash kerak, poliklinikada aholiga qulaylik yaratish maqsadida har 1000 kishiga bir nafardan oila shifokori xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, tor doiradagi mutaxassislar, ginekolog, urolog, kardiolog, nevropatolog, lor, oftalmolog, rentgenolog, UTT shifokorlar va laboratoriya aholi xizmatida. Shuningdek, muassasada 6 o‘rinli kunduzgi shifoxona faoliyat yuritmoqda.
[gallery-16089]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA
Comments
0 comment