menu
Nodirbek Abdusattorov mukofot jamg‘armasi 500 ming dollarni tashkil etadigan musobaqada ishtirok etadi 
Hindistonda navbatdagi xalqaro turnir o‘tkaziladi

2024-yilning noyabr oyida Hindistonda Freestyle Chess GOAT World Series’ning navbatdagi turniri bo‘lib o‘tadi.

Turnirning mukofot jamg‘armasi 500 ming dollar deb belgilandi. O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ham ushbu musobaqada ishtirok etadi. Bu haqida UzChess telegram kanali xabar bermoqda.

5 qit’a bo‘ylab o‘tkaziladigan turnirlarda 25 nafar shaxmatchi qatnashadi.

Hozirgacha Magnus Karlsen, Fabiano Karuana, Hikaru Nakamura, Nodirbek Abusattorov, Ding Lijen, Alirizo Firouzja, Uesli So, Ian Nepomnyashiy, Vey Yi, Arjun Erigaisi va Vishvanatan Anand taklifni qabul qilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!