12
qarashlar
qarashlar
Ularning talabi bajarilmasa, barcha bolalarni o‘ldirish bilan tahdid qilingan
Nigeriya mahalliy aholisi 300 ga yaqin maktab o‘quvchisini o‘g‘irlagan jinoiy guruh 1 milliard naira (621 848 dollar) talab qilayotganini, talab bajarilmasa barcha bolalarni o‘ldirish bilan tahdid qilganini aytdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Jinoyatchilar mazkur o‘g‘irlik orqali to‘da a’zolarini o‘ldirgan hukumatdan o‘ch olganini ham aytgan.
300 dan ortiq o‘quvchi 7-mart kuni erta tongda mototsiklda qurollangan guruhlar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan edi. Ba’zi o‘quvchilar qo‘yib yuborilgan, ulardan 287 nafari jinoiy to‘da qo‘lida qolgan. Asirga olinganlarning 100 ga yaqini boshlang‘ich sinf, qolgani esa o‘rta maktab o‘quvchilari.
Comments
0 comment