menu
Navro‘z bayrami arafasida respublikaning barcha hududlarida umumxalq hasharlari o‘tkaziladi 
Prezidentning “2024-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi

Prezidentning “2024-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2024-yilgi Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatda “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida ko‘tarinki ruh va yuqori darajada keng nishonlanadi.

Joylarda Navro‘z umumxalq bayramining barcha tadbirlari milliy qadriyat va anʼanalar hamda zamonaviy tajribalar asosida yuqori saviyada, ommaviy sayillar shaklida tashkil etiladi. Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillari tashkil etiladi.

Shuningdek, 2024-yilgi Navro‘z bayrami ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, keksa avlod vakillari, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylari har tomonlama eʼzozlanadi. “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan hamda ko‘makka muhtoj insonlarning holidan xabar olinadi. 

Bundan tashqari, “Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan tadbirlar amalga oshiriladi, respublikaning barcha hududlarida, ko‘cha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga qaratilgan umumxalq hasharlari o‘tkaziladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!