menu
Navoiyda noqonuniy qum-shag‘al olib ketgan 21 kishiga 74 mln so‘m jarima belgilandi 
Shuningdek, tabiatga 64 mln so‘m zarar yetkazilgan

Navoiyda 21 nafar fuqaro noqonuniy ravishda belgilanmagan joydan qum-shag‘al yuklab ketayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi

Unga ko‘ra, Ekologiya boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan 2024-yilning 1-fevraldan 22-fevral kunida qadar tuman va shaharlarda o‘tkazilgan ekologik nazorat reyd tadbirlari davomida 21 nafar fuqaro noqonuniy ravishda belgilanmagan joydan qum-shag‘al yuklab ketayotgani aniqlandi. Bular:

Aniqlangan holatlar yuzasidan fuqarolarning barchasiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 70-moddaning 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib 74 million 800 ming so‘m jarima hamda 64 million 66 ming 343 so‘m tabiatga yetkazilgan zarar belgilandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!