menu
Navoiyda ikki kishidan qarzi bo‘lgan fuqaroning Tracker’i xatlandi
Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan ham qo‘llanilgan 14 ta maʼmuriy bayonnomaga asosan qarzdorlik to‘liq undirilishi taʼminlangan

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida ikki kishidan qarzi bo‘lgan fuqaroning Tracker’i xatlandi. Bu haqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi. 

Keltirilishicha, byuroning Qiziltepa tuman bo‘limi ish yurituvida qarzdor A.P.ga nisbatan qo‘llanilgan 15 ta ma’muriy qarorlar hamda ikki nafar fuqaro foydasiga jami 81,8 million so‘m qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorga tegishli Tracker rusumli avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Bundan tashqari, qarzdor A.U.ga nisbatan Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan qo‘llanilgan 14 ta ma’muriy bayonnomalarga asosan jami 6 million 800 ming so‘m jarima undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari yuzasidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorlik to‘liq undirilishi ta’minlangan.

Bu borada tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!