menu
Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi
Ushbu tariflar 1-apreldan amalda qo‘llaniladi

Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha 2024-yilning 1-aprelidan amalda qo‘llaniladigan yangi tariflar tasdiqlandi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” matbuot xizmati xabar berdi.

Navoiy viloyatida

1 metr kub ichimlik suvi:

1 metr kub oqova suv xizmati:

Ma’lum qilinishicha, 2030-yilga qadar viloyatda markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanish darajasi 84,7 foizdan 87 foizga, kanalizatsiya qamrovi 23.8 foizdan 40 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan. Buning uchun qariyb 1 trillion so‘m evaziga, 871.7 ming kilometr ichimlik suvi va 180 kilometr kanalizatsiya tarmog‘i, shuningdek, 31 ta suv va 3 ta kanalizatsiya inshootlari barpo etilishi belgilangan.

Surxondaryo viloyatida

1 metr kub ichimlik suvi:

1 metr kub oqova suv xizmati:

Qayd etilishicha, kelgusi besh yilda Surxondaryo viloyatida markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 62,9 foizdan 94,1 foizga, kanalizatsiya qamrovi 6,7 foizdan 26,9 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan. Buning uchun 4,229 trillion so‘m evaziga, 16, 273 ming kilometr ichimlik suvi va 572,9 kilometr kanalizatsiya tarmog‘i, shuningdek, 186 ta suv va 36 ta kanalizatsiya inshootlari barpo etilishi belgilangan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!