menu
Navoiy va Samarqandda “prava” olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

Navoiy viloyatining G‘ozg‘on hamda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida haydovchilik guvohnomasini olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, G‘ozg‘on shahrida fuqaro T.Sh. fuqaro F.G‘.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida “B” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan. Buning evaziga 1 200 dollarni olgan vaqtida ushlangan. 

Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on shahrida fuqaro M.J. fuqaro B.Sh.ning ishonchiga kirib, unga haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 600 dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

“Prava” olib bermoqchi bo‘lgan “uddaburon”lar

Toshkent viloyatida “prava” olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlangani xabar qilingandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!