qarashlar
Rossiyalik siyosatchi, marhum Aleksey Navalniyning tanasida tutqanoqdan va bilvosita yurak massajidan ko‘karish izlari aniqlangan. Bu haqda “Novaya gazeta Yevropa” manbasi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, marhumning jasadi hozirda Salexard tuman klinik shifoxonasi o‘likxonasida. 17-fevral holatiga ko‘ra, autopsiya (murdani yorib ko‘rish) o‘tkazilmagan, patologoanatomlarga buni o‘tkazish taqiqlangan.
Tez yordam xizmatidagi manbaning aytishicha, Navalniyning tanasida hayoti davomida olgan ko‘karishlar topilgan. Lekin kaltaklashdan emas, balki boshqa omillar natijasida.
16 yoki 17-fevral kunlari ham autopsiya o‘tkazilmagan. Shuning uchun Rossiya rasmiylari o‘limning aniq sababini hali e’lon qilgani yo‘q va qarindoshlariga jasadni ko‘rishga ruxsat berilmagan.
Siyosatchining onasi Navalniy saqlangan koloniyaga kelganida unga jasad Salexard shahriga olib kelingani to‘g‘risida ma’lumotnoma berilgan, deydi Navalniy matbuot kotibi Kira Yarmish. Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, Salexard o‘likxonasida jasad borligini tasdiqlashmagan.
Shu bilan birga, Tergov qo‘mitasi siyosatchi tarafdorlariga jasad ularda borligi haqida ma’lum qilgan va o‘lim sababini aniqlash uchun yangi ekspertizalarni tayinlagan. Yarmishning fikricha, jasad “izlarini berkitish” uchun yashirilgan.
Rossiya rasmiylari televideniye orqali muxolifatchining jasadi qayerdaligiga izoh bermagan.
Aleksey Navalniy o‘limi
Rossiyalik siyosatchi, Putinning ashaddiy tanqidchisi Aleksey Navalniy 16-fevral kuni koloniyada vafot etdi. Rossiya qamoqxona xizmatiga ko‘ra, u “sayrdan keyin o‘zini yomon his qilgan va hushini yo‘qotgan”. O‘limga dastlab tromb yorilgani sabab bo‘lgani aytilgan.
O‘z navbatida, Tergov qo‘mitasi tergovchilar marhumning jasadini tekshirmoqchi.
Comments
0 comment