qarashlar
Finlyandiya, Latviya va Estoniya rahbarlari NATOning yevropalik a’zolari Rossiyaga AQSH ishtirokisiz qarshi turishga tayyor emasligini va Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatishda imkoniyatlari chegaralanganligini ma’lum qildi.
Avvalroq AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp alyans ishidan noroziligini bildirgan va agar yevropalik hamkorlar xavfsizligi uchun ko‘proq moliyaviy mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmasa, Qo‘shma Shtatlar tashkilotdan chiqib ketishi bilan tahdid qilgan edi.
Xususan, Finlyandiya prezidenti nashrga NATOni AQSHsiz tasavvur qila olmasligini ta’kidlagan.
Independent’ning aniqlik kiritishicha, Yevropaning, ayniqsa, AQSH ishtirokisiz “o‘zini himoya qila olmasligi” Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni davom ettirishdagi qiyinchiliklarni ko‘rsatmoqda.
NATO davlatlari 2023-yildagi Vilnyus sammitida yalpi ichki mahsulotning kamida 2 foizini mudofaaga sarflashga kelishib olgan edi. Hozirda alyans maʼlumotlariga ko‘ra, NATOga aʼzo 32 davlatdan 23 tasi o‘z yalpi ichki mahsulotining 2 foizini mudofaa ehtiyojlariga sarflaydi. G‘arb matbuotiga ko‘ra, Tramp tashkilotga a’zo davlatlardan mudofaa xarajatlarini YIMning 3 foizigacha oshirishni talab qilmoqchi.
So‘nggi yillarda Rossiya mamlakatning g‘arbiy chegaralarida NATOning misli ko‘rilmagan faolligini qayd etgan. NATO tashabbuslarini kengaytirmoqda va buni “Rossiya agressiyasini to‘xtatuvchi” deb atagan.
Kreml Rossiya hech kimga tahdid qilmasligini, biroq uning manfaatlari uchun potensial xavfli harakatlarni e’tiborsiz qoldirmasligini ta’kidlagan.
Comments
0 comment