menu
Namanganda ichimlik suvi narxi aholi uchun 40 foiz, yuridik shaxslarga 2 baravardan ko‘pga qimmatladi
Yangi tariflar 2024-yil 22-martdan kuchga kirishi belgilangan

Namanganda isteʼmolchilar uchun ichimlik suvi narxlari oshirildi. Bu haqda xalq deputatlari viloyat kengashining tegishli qarori qabul qilingan, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev.

Foto: Toirbek Komiljonov

Qaror ilovasida viloyatda aholining ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi yil davomida 79,6 foizdan 82,7 foizga yetgani, 330 mingga yaqin kishi ilk bor ichimlik suvi bilan taʼminlangan, 2024-yilda 160 milliard so‘m evaziga 320 kilometr tarmoq tortish hamda 11 ta inshoot qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgani qayd etilgan.

Foto: Toirbek Komiljonov

Ushbu qaror bilan ichimlik suvi narxi aholi uchun bir kubometri 3500 so‘m, korxona va tashkilotlar uchun esa 7 ming so‘m etib tasdiqlangan.

Hozirgacha viloyatda ichimlik suvi uchun aholi 2550 so‘m, korxona-tashkilotlar esa 3315 so‘m to‘lab kelayotgan edi.

Narx qimmatlashuvi yoqilg‘i-energetika resurslari, jumladan, elektr energiyasi tariflari oshishi hamda viloyatda ichimlik suvi yetkazib berishning katta xarajatlar talab etuvchi jihatlari bilan izohlangan.

Yangi tariflar 2024-yil 22-martdan kuchga kirishi belgilangan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!