menu
Namanganda 4,7 ming kub qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holati aniqlandi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

Namangan viloyatining Namangan tumanida 4,7 ming kub qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi

Maʼlum qilinishicha, departamentning Namangan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro X.M. (muqaddam sudlangan) Norin daryo mintaqa o‘rmonchilik bo‘limiga qarashli 2 gektar yer maydonida uzoq muddatli shartnoma shartlariga asosan terakzor tashkil etmasdan, ushbu hududdan o‘zboshimchalik bilan 4,7 ming kub hajmdagi qum-shag‘al aralashmasini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!