menu
Mobiuz isteʼmolchilar huquqlarini taʼminlash bo‘yicha peshqadamlar qatoridan joy oldi 

Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan birinchi darajali “Isteʼmolchi ishonchi” sifat belgisi bilan taqdirlandi.

Mukofot Butunjahon isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Isteʼmolchilar huquqlarini taʼminlash bo‘yicha eng yaxshi korxona” tanlovi natijalariga ko‘ra topshirildi.

Tanlov g‘oliblari bir qator mezonlar asosida aniqlandi. Maxsus komissiya tomonidan isteʼmolchilar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazildi. Tanlov ishtirokchilarining veb-saytlarida mahsulot va xizmatlar haqida to‘liq maʼlumotlar mavjudligi tekshirildi. Isteʼmolchilarning murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi. Xizmat ko‘rsatish sifati “maxfiy xaridor” usuli yordamida baholandi. Tanlov ishtirokchilari faoliyatiga oid qo‘mitaga kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinib, ijtimoiy tarmoqlardagi jamoatchilik fikri ham o‘rganildi.

Natijada “Telekommunikatsiya xizmatlari” nominatsiyasida Mobiuz birinchi o‘rinni egalladi.

Mobiuz mobil operatori barcha isteʼmolchilar va abonentlarga ishonch va kompaniya xizmatlarini tanlayotgani uchun chuqur minnatdorchilik bildiradi!

Kompaniya o‘z mahsulot va xizmatlarini, mijozlarga xizmat ko‘rsatish darajasini doimiy ravishda yaxshilash uchun tinimsiz ishlamoqda. O‘tgan yilning dekabr oyida operator sertifikatlashtirish auditidan muvaffaqiyatli o‘tdi va ISO 9001:2015 “Sifat menejmenti tizimlari” va ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari” sertifikatlarini oldi.

Mobiuz faoliyatiga oid qo‘shimcha yangiliklar bilan pr.mobi.uz saytida tanishishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!