qarashlar
Metabolizm — hujayralarda sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiyalar majmuyi bo‘lib, hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan moddalar, energiya hosil bo‘ladi va almashinadi.
Metabolizm atamasi asosan uch xil energiya sarflash turiga nisbatan ishlatiladi:
Tanamiz sarflagan energiya o‘rnini to‘ldirish uchun biz doimiy oziq-ovqat iste‘mol qilishimiz kerak bo‘lganidek, hujayralar ham kimyoviy reaksiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun energiya oqimiga muhtojdir. Soddaroq qilib aytganda, biz iste‘mol qiladigan ozuqa hujayralar uchun energiya manbaidir.
Metabolizm qachon sekinlashadi?
Avvallari metabolizm 30 yoshdan keyin har yili 2-5% ga sekinlashib boradi, degan nazariya mavjud edi. Yangi tadqiqotlar buning aksini ko‘rsatmoqda: 2021-yilda chop etilgan “Daily energy expenditure through the human life course”dagi ma’lumotlarga ko‘ra, metabolizm inson umrining ilk yillarida kuchayadi, so‘ng 20 yoshgacha sekinlashib boradi va ushbu tezlik 60 yoshgacha saqlanib qoladi. 60 yoshdan oshganda ham metabolizm birdaniga tushib ketmaydi, ko‘rsatkich yiliga atigi 0,7 % ni tashkil etadi.
Demak, metabolizm sekinlashishiga inson yoshi sababchi emas. Bunga gormonal o‘zgarishlar, turli kasalliklar, vitamin va minerallar yetishmasligi, o‘ta ozib ketish kabilar turtki bo‘ladi.
Metabolizm sekinlashganini qanday bilish mumkin?
Agar sizda yuqoridagi holatlardan bir nechtasi kuzatilsa, shifokor ko‘rigidan o‘tishni tavsiya qilamiz. Ma’lum analizlar topshirilgach, organizmda metabolizm jarayoni qanday kechayotganini aniqlash va uni o‘z vaqtida davolash mumkin.
Sekinlashgan metabolizmni uning avvalgi darajasiga qaytarish uchun, birinchi navbatda, sog‘lom turmush tarziga rioya etish: to‘g‘ri ovqatlanish, uyquga to‘yish va sport bilan shug‘ullanish lozim.
Comments
0 comment