qarashlar
G‘arb bilan urush bo‘lsa, Rossiya Kiyev, Berlin, London, Vashington va yadroviy triada nishonlariga kiritilgan boshqa tarixiy joylarga zarba beradi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi.
Medvedev shu tariqa G‘arb davlatlarining “dunyo Rossiyaning urushda g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ya olmaydi” degan bayonotlariga javob berdi. Uning ta’kidlashicha, G‘arbning Rossiyaga qarshi urushi odatiy urush natijalaridan ko‘ra dahshatliroq oqibatlarga olib keladi.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari G‘arb davlatlarini “kech bo‘lmasdan” hammasini Rossiyaga qaytarishga chaqirdi. Aks holda, Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hamma narsani “dushman uchun maksimal yo‘qotishlar bilan qaytaradi — xuddi Avdeyevkani qaytargani kabi”.
17-fevral kuni Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Donetsk viloyatining Avdeyevka shahridan Ukraina qo‘shinlari olib chiqilishini e’lon qildi. U ukrain harbiylari “o‘z burchini munosib bajargani” va Rossiya armiyasi katta yo‘qotishlarga uchraganini aytdi.
Comments
0 comment