menu
Medvedev Berlin Putinni prezident deb hisoblamaslik qaroriga izoh berdi  
Medvedev: “Biz saylovlarga ta’sir qila olmaymiz, natijalarni tan olmaymiz, lekin tartibsizlik qilish uchun biz ahmoqona bayonot berishimiz kerak”

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Germaniyaning  Rossiya prezidenti Vladimir Putinni prezident deb hisoblamaslik qarorini sharmandali zaiflik deb atadi.

Avvalroq Rossiyadagi saylovlardan so‘ng Germaniya tashqi ishlar vazirligi o‘z hujjatlari va bayonotlarida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni faqat familiyasini ko‘rsatishini aytgan edi. Vazirlar Mahkamasi vakili Kristian Hoffman, o‘z navbatida, Germaniya hukumati Putin bilan muloqot qilishga tayyorligini, biroq uni saylovidagi g‘alabasi bilan tabriklamasligini aytgan.

U Ukrainaning bosib olingan hududlarida ham saylov bo‘lganini keskin qoralagan. Germaniya hukumati Putinni “prezident yoki hukmdor” deb ataydimi, degan savolga Germaniya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Sebastyan Fisher so‘nggi paytlarda departament hech qanday rasmiy unvonsiz faqat Putin familiyasidan foydalanayotganini aytgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!