menu
“Mashina derazasidan uchib chiqib ketganman” — Yo‘l-transport hodisasi tufayli II guruh nogironiga aylangan shifokor ayolga uy berildi
Sobiq shifokor bilan suhbatdan ayon bo‘ldiki, unga hokimlik vakillari uy ajratishda byurokratik to‘siqlarni ro‘kach qilgan, lekin yuqori palataning aralashuvi bilan masala hal etilgan

Avtohalokat tufayli II guruh nogironi bo‘lib qolgan shifokor Luiza Dadabayevaga uy berildi. Ayol bu haqda “Daryo” muxbiriga so‘zlab berdi.

Shifokor Luiza Dadabayeva 2005-yildan boshlab Respublika Perinatal markazining yangi tug‘ilgan chaqaloqlar reanimatsiya bo‘limida faoliyat olib borgan.

Jarohati tufayli Luiza Dadabayeva ikkinchi guruh nogironi bo‘lib qoladi va ishdan ketishga majbur bo‘ladi. 60 yoshli shifokor uy-joy olish uchun yordam so‘rab ko‘plab davlat idoralariga murojaat qiladi.

Oila qurmaganman, yolg‘iz xonadonda yashardim. Voqeadan yarim yil o‘tib, uysiz va ishsiz qoldim. Uy so‘rab hokimiyatga borgan paytimda “Oilangiz yo‘q ekan, yolg‘izsiz, sizga hech kim kafolat bermaydi, shu uchun ssuda ajratolmaymiz”, deb aytishdi, — deydi u.

Hech qayerdan natija bo‘lmagandan so‘ng, Luiza Dadaboyeva Senatga yordam so‘rab boradi. Shundan so‘ng unga 1 xonali xonadon ajratildi.

Sobiq shifokor bilan suhbatdan ayon bo‘ldiki, unga hokimlik vakillari uy ajratishda byurokratik to‘siqlarni ro‘kach qilgan, lekin yuqori palataning aralashuvi bilan masala hal etilgan. Qiziq jihati, nega fuqaro o‘zi arz qilib borsa ishi sansalor bo‘ladi-yu, tepadan kimdir aytsa hal bo‘ladi?

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!