menu
Malika Osiyo chempionati sovrindori
Eron poytaxti Tehron shahrida yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionati boshlandi.

Kutilganidek, qit’a birinchiligini O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli boshladi.

Chempionatning ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish bahsida hamyurtimiz Malika Nasriddinova 15.42 metr natija ko‘rsatdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.  

Ma’lumot uchun, ushbu yo‘nalishda Yue Sun (Xitoy) oltin, Elham Hoshimi (Eron) bronza medalini qo‘lga kiritdi. Musobaqa davom etmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!