menu
“Maktab o‘quvchilari teatrga olib ketilayotgan bo‘lgan”. Buxoroda sodir bo‘lgan YTH haqida 
YTH oqibatida 11-sinf o‘quvchisi vafot etgan

Buxoro viloyatining Kogon tumanida avtobus va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgani xabar berilgandi. “Daryo” manbasining bildirishicha, ag‘darilgan avtobus ichida maktab o‘quvchilari bo‘lgan.



Viloyatning Kogon tumanidagi maktablardan birida tahsil oluvchi o‘quvchilar maktab rahbariyatining talabiga ko‘ra, teatr tomoshasiga olib ketilayotganda YTHga uchragan. Bir nafar o‘quvchi vafot etgan.  

Manbaning bildirishicha, o‘quvchilar mingan avtobus 2 ta bo‘lgan. 

Bildirilishicha, o‘quvchilarning ko‘pchiligi teatr tomoshasiga borishni istamasa-da, maktab rahbariyati yuqori sinf o‘quvchi bolalarning har biridan 15 ming so‘mdan yig‘ib olib, ularni viloyat Musiqali drama teatriga olib ketayotgan bo‘lgan. 

Qo‘shimcha qilinishicha, YTH oqibatida 11-sinf o‘quvchisi (o‘g‘il bola) vafot etgan. Bir necha o‘quvchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. 

“Daryo” jurnalisti YTH haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun viloyat prokuraturasi axborot xizmati bilan bog‘landi. Mas’ul ayni paytda ularda bu haqda batafsil ma’lumot yo‘qligini, tez orada qo‘shimcha axborot berilishini bildirdi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!