qarashlar
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron agar Rossiya Ukrainada g‘alaba qozonsa, Yevropa xavfsiz bo‘lmasligini aytdi. Makron TF1 va France 2 telekanallariga bergan intervyusida ukrainlarga yordam berish, qo‘shin yuborish va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yadro tahdidlari haqida gapirdi.
Yevropa birligi haqida
Emmanuel Makron urush uchun javobgarlik faqat Rossiya zimmasida ekanini ta’kidladi.
Ukrainani qo‘llab-quvvatlash haqida
Fransiya prezidenti Ukrainaga yordam ko‘rsatishga qarshi bo‘lgan yoki bu masalada betaraf qolgan mag‘lubiyat yo‘lini tanlashini aytdi.
Kreml rejimi haqida
Makron keng ko‘lamli urush boshida Putin bilan bo‘lgan telefon suhbatlarini esladi.
“Vatandoshlarimiz biz duch kelayotgan vaziyat uchun faqat bitta shaxs mas’ul ekanini tushunishlarini istayman: Kreml rejimi. Men Vladimir Putin bilan hammadan ko‘ra ko‘proq gaplashgan mas’ul rahbarman. Bu suhbatlar shaxsiy emas va ularni bu yerda shaxsiylashtirmoqchi emasman. Bundan hech qanday ma’no yo‘q. Shuning uchun agar urush tarqalib ketsa, Yevropada tarqalsa, bu Rossiyaning yagona tanlovi bo‘ladi va mas’uliyati uning zimmasida.
Albatta, bugungi kunda Rossiya raqib. Kreml rejimi esa dushman. Men doim aytganman, biz Rossiya va rus xalqi bilan urushayotganimiz yo‘q va Ukrainani qo‘llab-quvvatlaymiz. Ukraina Rossiyani nazorat ostiga olishi uchun hamma narsa qilyapmiz, chunki suverenitet bo‘lmasa, Ukraina xalqaro miqyosda tan olingan chegaralari, jumladan, Qrimni qaytarib olmasa, barqaror tinchlik bo‘lmaydi”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Fransiyaning urushga tayyorligi
Prezident Fransiyada yuqori intensiv hududiy urushlarga moslashtirilgan mudofaa sanoati yo‘qligini tan oldi.
Yadro qurollari haqida
Yadro qurollari Fransiyaning zimmasiga hech qachon eskalatsiyada ishtirok etmaslik majburiyatini yuklaydi, dedi prezident.
Bugungi kunda dunyoda taxminan 13 080 ta yadro kallaklari mavjud. Quyidagi davlatlar yadro quroliga ega:
Fransiya xavfsizligi
Makronning aytishicha, mamlakat o‘z maqsadiga erishish uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qiladi.
26-fevral kuni Makron Yevropa davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvdan so‘ng Ukrainaga qo‘shin kiritilishi ehtimolini rad etmadi. U bu Kiyevni qo‘llab-quvvatlash variantlaridan biri ekanini ta’kidlagan. Makronning tashabbusi Buyuk Britaniya, Vengriya, Italiya, Slovakiya, Chexiya va Shvetsiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagan.
Kreml bu holatda “biz Rossiya va NATO o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv ehtimoli haqida emas, balki muqarrarligi haqida gapirishimiz kerak” deya munosabat bildirdi. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yuborishni rejalashtirmayotganini aytdi.
Comments
0 comment