menu
Makron Putinni Olimpiya o‘yinlari vaqtida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi. Rossiya javob qaytardi
Fransiya prezidenti rus sportchilarining Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish shartini ham eslatdi

Fransiya Rossiyaga Olimpiya o‘yinlari paytida Ukrainaga qarshi o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qildi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi esa mazkur taklifga javob qaytardi.

Taklif Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tomonidan rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga qaratilgan. Parij 2024-yozgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladi.

U butun dunyo tinchlik va bag‘rikenglik xabarini eshitishini, Ukraina esa o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligini to‘liq tiklashini istashini ta’kidladi. Shu bilan birga, Fransiya rahbari ruslar hozir Rossiyada hukmronlik qilayotgan rejimni qo‘llab-quvvatlamasligini aytdi. Makron Fransiya Rossiyadan Olimpiya o‘yinlari vaqtida o‘t ochishni so‘rashini ta’kidladi.

Fransiya prezidenti aniq taklif va qarorlar bilan Ukrainaga tashrif buyurishini ham aytdi.

Rossiya TIV munosabati

Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Mariya Zaxarova o‘t ochishni to‘xtatish taklifi o‘rniga Fransiyani Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirdi.

Moskva, shuningdek, Fransiya prezidentini Yaqin Sharqdagi mojaro tomonlariga ham xuddi shunday taklif bilan chiqishni taklif qiladi. 

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!