menu
Makron Kreml bayonoti tufayli zudlik bilan Yevropa yetakchilarini yig‘moqda
Fransiya Rossiya prezidentiga “signal” yuborishga va’da bermoqda

Yevropaning 20 ga yaqin yetakchilari 26-fevral kuni Parijda uchrashadi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning so‘zlariga ko‘ra, ular Kremlning “Rossiya Ukrainaga qarshi urushda muqarrar ravishda g‘alaba qozonadi” degan da’volariga qarshi chiqmoqchi. Yig‘ilish tashabbuskori Makron hisoblanadi va u  so‘nggi bir necha hafta ichida Rossiya agressiyasi kuchaygani sababli shoshilinch yig‘ilish o‘tkazmoqda.

22-fevral kuni Polsha prezidenti Anjey Duda fransiyalik hamkasbi urushdan zarar ko‘rgan Ukrainaga yordam ko‘rsatish bo‘yicha takliflarni muhokama qilish Yevropa yetakchilarini Parijga taklif qilishini yozdi. 

Ukrainaga Yevropa Ittifoqi yordami

Yevropa Ittifoqi urushdan jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 83 million yevrolik gumanitar yordam beradi. Mablag‘ning katta qismi Ukrainaga yetkazib berilgan.

Yevropa Ittifoqi yetakchilari 2024—2027-yillarga mo‘ljallangan “Ukraine Facility” dasturi doirasida Ukraina uchun 50 milliard yevro ajratishni maʼqullagan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!