menu
“Liverpul” Saloh bilan shartnomani uzaytiradi
Yangi kelishuv 2027-yilgacha mo‘ljallangan

“Liverpul”ning misrlik hujumchisi Muhammad Saloh klub bilan yangi shartnoma tuzishga yaqin turibdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi kelishuv 2027-yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, yana 12 oylik uzaytirish imkonini ham o‘z ichiga oladi. Bu haqda taniqli jurnalist va insayder Nikolo Shkira X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.  

Saloh 2017-yil yozidan beri “Liverpul” sharafini himoya qilib kelmoqda. U klub tarkibida Angliya Premyer Ligasi, Angliya Kubogi, Chempionlar Ligasi va Klublar o‘rtasida jahon chempionatida g‘olib chiqqan.  

Shuningdek Saloh APL tarixida ketma-ket to‘rt mavsum davomida 10 va undan ortiq gol va golli uzatma bergan birinchi futbolchi sifatida tarixga kirdi.

Joriy mavsumda hujumchi klub safida barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda qatnashib, 18 ta gol urdi va 15 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!