menu
Lionel Messi Argentinaning mart oyidagi o‘yinlarida ishtirok etmaydi 
“Inter Mayami” hujumchisi terma jamoaning AQSHdagi yig‘iniga qatnashmaydigan bo‘ldi

Lionel Messi Argentina terma jamoasining mart oyidagi o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.

“Inter Mayami” hujumchisi jarohati bois, Argentinaning Salvador va Kosta-Rikaga qarshi o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi. Uchrashuvlar 23 va 26-mart kunlari AQSHda bo‘lib o‘tadi.

Messining yig‘in davomida terma jamoa bazasida bo‘lishi yoki Floridada qolishi haqida ma’lumotlar yo‘q. 

Leo bunga qadar “Inter Mayami”ning MLS doirasidagi “Di Si Yunayted”ga qarshi bahsida (3:1) maydonga tushmagandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!