menu
Levandovski YCHLda 94-golini urdi. U bu borada uchinchi
Robert Levandovski Chempionlar Ligasi nimchorak final javob o‘yinida gol urdi

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining nimchorak final javob o‘yinida “Barselona” 12-mart, seshanba kuni “Napoli”ga qarshi bahs olib bordi.

 

Unda Kataloniya jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi so‘nggi golni Robert Levandovski urdi. 

Ushbu gol futbolchining Chempionlar Ligasidagi 94-goli hisoblanadi. 

Polshalik futbolchi ushbu turnir tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida 3-o‘rinni egallab turibdi — uning hisobida 94 ta gol bor. Faqatgina Krishtianu Ronaldu (141) va Lionel Messi (129) ko‘proq gol urgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!