qarashlar
Lego konstruktorlari dunyodagi eng mashhur o‘yinchoqlardan biridir. Legoni bolalar bir necha soat o‘ynashi, turli g‘oyalarni amalga oshirishi mumkin, ushbu o‘yinchoqqa hatto kattalar ham qiziqish bildiradi.
Lego muxlislari tomonidan esa yangi kashfiyotlar qilish davom etmoqda. Ulardan biri Norders ismli foydalanuvchi konstruktordan haqiqiy proyektor yasadi.
Lego proyektor ham xuddi shu prinsip asosida ishlaydi. Linzalar va ko‘zgu yordamida yorug‘lik yarim-shaffof plastinadan o‘tadi va tasvir hosil bo‘ladi. Ammo proyektorning ushbu qismlari Lego ishlab chiqarish katalogida yo‘q.
Mazkur ixtiro o‘n mingdan ortiq foydalanuvchi ovozini to‘plasa, proyektor konstruktori ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
Konstruktor to‘plamida 519 ta blok mavjud. Har bir qo‘shimcha slayd uchun yana 7 ta detal kerak bo‘ladi. Bizningcha, ushbu ixtiro yetarli ovoz to‘play oladi va proyektor ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Comments
0 comment