menu
La Liga. Yamalning goli “Barselona”ga g‘alaba keltirdi (video)
Kataloniyaliklar hujumchisi Gundo‘g‘an penaltidan foydalana olmadi

Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan ilk o‘yin 8-mart, juma kuni bo‘lib o‘tdi. Unda “Barselona” o‘z maydonida “Malyorka”ni qabul qilib, Yamalning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.

Kataloniyaliklar hujumchisi Gundo‘g‘an penaltidan foydalana olmadi. “Barselona” futbolchisi Rafinya jarohat olib, safdan chiqdi. 

Ushbu g‘alabadan so‘ng Xavi jamoasi o‘z ochkolarini 61 taga yetkazib, “Jirona”ni ortda qoldirgan holda 2-o‘ringa ko‘tarildi.

“Malyorka” 27 ochko to‘plab 15-pog‘onani egallab turibdi. 

La Liga

28-tur bahsi

“Barselona” — “Malyorka” 1:0

8-mart, juma

Gol: Yamal (73). 

Aniq amalga oshirilmagan penalti: Gundo‘g‘an (24).

“Barselona” – ter Stegen, Kunde, Martines, Kubarsi, Joau Kanselu, Kristensen, Gundo‘g‘an (Romeu, 87), Rafinya (Lopes, 37), Feliks (Roke, 62), Yamal, Giu (Levandovski, 61).

“Malyorka” – Raykovich, Gonsales, Nastasich, Raillo, Kopete (Radonich, 82), Toni Lato (Kosta, 71), Darder (Sanches, 71), Morlanes (Dani Rodriges, 61), Samu Koshta, Larin (Prats, 82), Muriki.

Ogohlantirishlar: Martines (53), Samu Koshta (86).

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!