menu
La Liga. “Barselona” turning markaziy o‘yinida “Atletiko”ni yirik hisobda mag‘lub etdi 
Kataloniyaliklar birinchi o‘rindagi “Real”ni quvishda davom etadi

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 29-turida “Barselona” 17-mart, yakshanba kuni “Atletiko”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 38-daqiqasida Joau Feliks sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi. Birinchi bo‘lim kichik hisobda yakunlandi. Qayd etib o‘tish joiz, “ko‘k-anorranglilar” futbolchisi Xavi hakam tomonidan maydondan chetlatildi.

Ikkinchi bo‘limni ham kataloniyaliklar gol bilan boshladi. 47-daqiqada Robert Levandovski darvozani ishg‘ol qildi. 65-daqiqada esa Fermin Lopes hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “Barselona” yirik g‘alabaga erishdi.

Xavi jamoasi ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 64 taga yetkazdi va birinchi o‘rindagi “Real”ni (72 ochko) quvishda davom etmoqda. Diyego Simeone shogirdlari esa 55 ochko bilan 5-pog‘onada bormoqda.

La Liga

29-tur bahsi

17-mart, yakshanba

Gollar: 0:1 – 38 Joau Feliks, 0:2 – 47 Levandovski, 0:3 – 65 Lopes.

“Atletiko”: Oblak, Molina, Savich, Reynildu, Vitsel, De Pol (Saul, 66), Barrios, Lyorente (Koke, 58), Rikelme (Korrea, 58), Morata (Depay, 46), Lino (Grizmann, 46).

“Barselona”: ter Stegen, Kunde, Arauxo, Kubarsi, Fort, Serji Roberto (Romeu, 77), Gundo‘g‘an, Lopes, Rafinya (Yamal, 61), Joau Feliks (Roke, 77), Levandovski.

Ogohlantirishlar: Kunde (33), Xavi (41), De Pol (46), Savich (61).

Chetlatishlar: Xavi (42), Molina (90+1).

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!