menu
KXSHT Markaziy Osiyodagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazadi
Mashg‘ulotlar dunyoda eski konfliktlar kuchayayotgan “og‘ir xalqaro vaziyatda o‘tkazilayotgani” ma’lum qilindi

Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) 12—13-mart kunlari strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Unda inqiroz xavfi ortib borayotgan bir sharoitda Markaziy Osiyo  mintaqasida vaziyatni barqarorlashtirish masalalari ishlab chiqiladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Mashg‘ulotlar Birlashgan shtab boshlig‘i, general-polkovnik Andrey Serdyukov boshchiligida o‘tkazilmoqda. Bu kuzda Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan “Buzilmas birodarlik—2024” qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun muhim voqeadir.

Tadbirda KXSHT bosh kotibi Imangali Tasmagambetov mashg‘ulotlar “og‘ir xalqaro vaziyatda o‘tkazilayotgani”ni aytdi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!