qarashlar
SCC France kompaniyasi joriy yil yoz faslida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini qo‘llab-quvvatlash doirasida ajoyib gadjet ixtiro qildi.
SCC France o‘n mingga yaqin xodimga ega konsalting tashkiloti bo‘lib, Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida kompaniya maxsus aksiya e’lon qildi. Unga ko‘ra, yugurish yo‘lakchasida 300 metrga yugurgan har bir xodim bir stakan kofega ega bo‘lishi mumkin. Kompaniyaning Marketing kommunikatsiyalari direktori Sandrin Denobl ushbu g‘oyadan xursand ekanligini bildirdi:
Gadjet ishlash prinsipi quyidagicha: tanaffus paytida xodim yugurish yo‘lakchasiga chiqib, elektron pochtasiga kiradi va “start” tugmasini bosadi. 300 metr masofani bosib o‘tgandan so‘ng, u bir stakan qahva oladi. Bundan tashqari, ba’zi stakanlar ultrabinafsha kod bilan jihozlangan. Bu esa xodimlarga turli sovrinlarni yutib olish imkonini beradi.
Comments
0 comment