menu
Kuba va Avstraliyaning O‘zbekistondagi elchisi tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi
Kubaning O‘zbekistondagi elchisi bilan tovar va xizmatlar eksportini rag‘batlantirish masalalari muhokama qilingan

Kuba va Avstraliyaning O‘zbekistondagi elchisi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maʼlum qildi

Taʼkidlanishicha, Kubaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Karlos Valdes de la Konsepsyon bilan o‘zaro munosabatlarni qator sohalarda yanada rivojlantirish, ayniqsa, tovar va xizmatlar eksportini rag‘batlantirish masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek, Avstraliyaning O‘zbekistondagi elchisi Jon Giring bilan uchrashuv kun tartibi o‘zaro savdoni kengaytirish, hamkorlikning yangi imkoniyatlarini izlash hamda ayrim mintaqaviy va xalqaro masalalarni qamrab olgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!