menu
Kreml Baydenning Putinni “bandit’’ deb atagan gapiga javob qaytardi
“Bunday iboralar davlat rahbarlariga yarashmaydi. Amerika prezidentning bunday harakati bilan faxrlanmasa kerak’’, — dedi Peskov

AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putinni “bandit’’ deb atagani xabar berilgandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov fikricha, bu Amerika davlat rahbari bo‘lgan odamga yarashmaydi.

Bayden Avliyo Patrik kunidagi chiqishida Rossiya prezidentini yana bir haqorat qildi.

Peskovning fikricha, “bunday iboralar davlat rahbarlariga yarashmaydi. Amerika prezidentning bunday harakati bilan faxrlanmasa kerak’’.

Fevral oyidagi chiqishida ham Jo Bayden Vladimir Putinni haqorat qilgandi. Kreml bu bayonotni bema’nilik deb hisobladi. 2021-yil mart oyida Jo Bayden Rossiya prezidentini qotil deb hisoblaydimi, degan savolga “Ha’’ deb javob bergan. Kreml ham buni davlat rahbariga nisbatan haqorat sifatida baholadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!