12
qarashlar
qarashlar
Tumanning avvalgi hokimi Muhiddin Esanov sog‘ligi yomonlashgani sabab lavozimidan ozod etildi
Otabek Qazoqov Buxoro viloyatining Kogon tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tumanga 2020-yilning fevralidan rahbarlik qilib kelgan Muhiddin Esanov sog‘ligi yomonlashgani sababli lavozimidan ozod etilgan. Qayd etish joiz, Muhiddin Esonov 2011—2016-yillarda Buxoro viloyatiga hokimlik qilgan. Viloyat hokimligidan olingach, ma’lum muddat Buxoro tumaniga ham rahbarlik qilgan.
Otabek Qazoqov tayinlovga qadar “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direktori lavozimida ishlab kelgan.
Comments
0 comment