menu
Kaspiy dengizi sathi keskin pasaymoqda (foto)
Bunday keskin sayozlashishiga Volga daryosi oqimining kamayishi sababchi ekani aytilmoqda. Biroq umumiy sayozlik davri XX asrning oxiridan beri davom etmoqda

2023-yilda Kaspiy dengizi sathi pasayishda davom etib, 2022-yildagi darajaga nisbatan 26 santimetrga pasaydi. Bu haqda Kaspiy dengizi gidrometeorologiyasini muvofiqlashtirish qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib, “Meteojurnal” xabar berdi.

Dengiz sathi 2021-yilda 20 santimetrga, 2022-yilda esa 27 santimetrga pasaygan. Sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida, masalan, Ufra yarimorolining janubiy uchidagi qirg‘oq chizig‘i yil davomida deyarli 700 metrga siljiganini ko‘rish mumkin. 

Krasnovodsk ko‘rfazining shimoli-sharqida esa qirg‘oq chizig‘i yil davomida uch kilometrdan ko‘proqqa siljigan. Kaspiy dengizining bunday keskin sayozlashishiga Volga daryosi oqimi kamaygani sabab ekani aytiladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!